Ro‘ziqul Berdiev o‘yin tempi yuqori bo‘lmagani, terma jamoalarda o‘ynaganlar charchagani, eski va yangi rahbariyat haqida

  • 16 iyun, 2019, 20:34
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bunyodkor" - "Nasaf" uchrashuvidan so‘ng tashkil etilgan matbuot anjumanida Ro‘ziqul Berdiev quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.

Tecno

- O‘yin tempi yuqori bo‘lmadi. Katta tezlikda o‘tmadi. Bunga sabab ob-havo va jamoalarning ehtiyotkor o‘ynaganidir. Chunki biz ko‘proq ikkinchi raqam ostida harakat qilishimiz kerak edi. Qarshi hujumlarda yaxshiroq o‘ynashimiz lozim edi. Qarshi hujumlarni uyushtirdik, lekin oxirgi nuqtani qo‘yishda oqsadik. 

Qisqa qilib aytsam, biz uchrashuvni boshida gol urishimiz kerak edi. "Bunyodkor" oxirida darvozani ishg‘ol qilishi uchun bir nechta imkoniyatlarga ega bo‘ldi. Shuning uchun bugungi durang o‘yinga mos bo‘ldi.

Terma jamoa safida yurgan futbolchilar o‘yin oxirida charchab qolishdi. Masalan, Bobir Abdixoliqov va Azizjon G‘aniev.

Avval Odiljon Hamrobek borligida Azizjon G‘aniev sal oldinroqda harakat qilardi. U Sharof bilan birga o‘ynaganda yaxshi juftlik bo‘lardi. Ikkalasining ham zarbasi juda kuchli. Azizjon hozir himoyachilarga yaqin o‘ynagani uchun vaziyat unda kamroq bo‘lmoqda. Sharofdan biz ko‘p narsa kutmoqdamiz. Lekin uning zarbasi chiqmayapti yoki o‘ziga vaziyat topa olmayapti. Albatta, bu kamchiligimiz. Chunki darvozaga zarba bermasangiz, gol bo‘lishi qiyin.

Azizjon G‘aniev jarohatidan qutilib o‘ynashni boshlagani bilanoq yana gap-so‘zlar ko‘paydi. Unga xorijdan takliflar borasida. Biroq aniq taklif chiqmadi. Xorijdan klubni qoniqtiradigan taklif bo‘lsa, buni ko‘rib chiqsa bo‘ladi. Xorijda to‘p tepayotgan futbolchilar terma jamoada ham yaxshi o‘ynashmoqda. 

Futbolimizning oldingi rahbarlari yangiliklar qilishdi. Tashkiliy masalalarda, akademiyalar ochilishi va boshqa masalalarda. Hozirgi o‘zgarishlarga keladigan bo‘lsak, ular futbolni ichidagi odamlar. Ularning bilimi va mahorati futbolimiz uchun as qotadi, - dedi Berdiev. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!