
Ro‘ziqul Berdiev: "Biz birinchi bo‘limning o‘zidayoq hisobni yiriklashtirishimi mumkin edi"
Superliganing 5-turi doirasida Nasaf Surxon bilan kuch sinashib, 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Mazkur uchrashuvdan so‘ng "Nasaf" bosh murabbiyi Ro‘ziqul Sa’dullaevich ishtirok etib, o‘yin haqida qisqacha to‘xtaldi.
- Birinchi bo‘limda hisobni yiriklashtirib, tanaffusga chiqib ketishimiz mumkin edi, vaziyatlardan to‘liq foydalana olmadik. Bizda beshtalar golli vaziyat bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limdagi qizil kartochkadan keyin o‘yinimizni o‘zgartirishga majbur bo‘ldik. 1:0 hisobini ushlashimiz va 3 ochkoni qo‘lga kiritishimiz kerak edi.
- Sharofni o‘yini bizni hayron qoldirdi. Bugun u o‘zining darajasida o‘ynamadi. Bunga nima deysiz?
Men sizning fikringizga qo‘shilmagan bo‘lardim. Sharof bugun yomon o‘ynamadi. Gol urgan vaziyatimizda Sharof Cheranga yaxshi imkoniyat yaratib berdi. O‘tgan o‘yinda o‘zi ham gol urdi, golli vaziyatlar yaratdi. Bilasizlar, u himoyachi emas, lekin hozir biz undan himoyachi sifatida foydalanishga majbur bo‘lyapmiz.
- Ro‘ziqul aka, Oybek Bozorov qizil kartochka olgan vaziyatni tahlil qilib ko‘rdingizmi?
- Hakamning ayrim qarorlari biz uchun tushunarsiz bo‘ldi. Birinchi bo‘limdagi qarorlari ham meni ajablantirdi. Oybekni vaziyatida VARgayam murojaat qilmadi, kutmadiyam va bu qarorni tez amalga oshirdi. Ammo bu vaziyat uchun biz o‘z e’tirozimizni bildiramiz.
Fikrlar