Roy Kin: "Reshford MYudagi muammolarning bir qismi bo‘lgan"
"Manchester Yunayted" afsonasi Roy Kin Markus Reshfordning so‘nggi mavsumdagi holati haqida fikr bildirdi. Uning ta’kidlashicha, angliyalik hujumchi jamoadagi ichki muammolardan mustasno bo‘lmagan.
"Yunayted"dagi oxirgi davrida Reshfordda aniq muammolar bor edi. U jamoa ichidagi muammolarning bir qismi bo‘lgan, ayniqsa jamoadagi eng tajribali futbolchilardan biri ekanini hisobga olsak.
U klubga yangi kelganlar uchun namuna bo‘lishi, "Yunayted" futbolchisi bo‘lish nima ekanini ko‘rsatishi kerak edi. Hozir eng muhimi – unda Angliya terma jamoasida o‘zini ko‘rsatish imkoniyati bor va u bu imkoniyatni munosib topgan.
Hech qanday shubha yo‘q, u juda talantli futbolchi. Ammo muxlislarni eng ko‘p g‘azablantirgan jihat — uning maydondagi tanasi tili edi. U ba’zan himoyaga qaytmasdi yoki raqibni keragidek pressing qilmasdi. Shu jihatlarni to‘g‘rilasa, uni dunyo darajasidagi futbolchi bo‘lishdan hech narsa to‘xtata olmaydi", — dedi Kin.



Fikrlar