
Rossiyadagi legionerlarimiz qancha maosh olyapti?
Futbolchilarning maoshlari doimo muxlislarni qiziqtirib kelgan. Rossiya Premer-ligasida ishtirok etayotgan “Rubin” futbolchilarning yillik moyanalari qancha ekani “MYaCh RU” telegram kanaliga tayangan holda haqida inkazan.ru sayti ma’lumot tarqatdi.
Xo‘sh, Qozon shahri sharafini himoya qilayotgan charm to‘p ustalari orasida kim qancha maosh olyapti?
Manbaga ko‘ra, jamoaning eng katta maosh oladigan o‘yinchilar reytingini yarim himoyachilar – Aleksandr Lomovitskiy va Valentin Vada egallab turibdi. Har ikki futbolchi hisob raqamiga bir mavsum uchun 800 ming evrodan pul tushmoqda.
Qizig‘i shundaki, 26 yoshli Lovomitskiy yangi mavsumda Premer-ligada hali biror marotaba maydonga tushgani yo‘q. Faqatgina mamlakat kubogi bahslarida uch marotaba ko‘rinish berib, jami 158 daqiqa o‘ynadi xolos.
Lomovitskiydan farqli ravishda argentinalik legioner Valentin Vada muntazam o‘yin o‘tkazmoqda va olayotgan maoshini oqlayapti.
Bu ko‘rsatkich bo‘yicha uchinchi ko‘rsatkich chernogoriyalik Igor Vuyachichga tegishli. Himoyachi maosh olish bo‘yicha liderlardan 50 ming evroga kamroq haq olyapti.
Avstriyalik legioner Aleksandr Yukichga qozonliklar 600 ming evro to‘layotgan bo‘lsa-da, bu yarim himoyachi chempionatda to‘rt marotaba maydonga tushib, bitta gol ham urib berdi.
Jamoa to‘purari Mirlind Daku va ligada barcha o‘yinlarda ishtirok etib kelayotgan Aleksandr Zotov har yili 500 ming evrodan daromad qilyapti.
Buyog‘iga futbolchilarning maoshlari sekin-asta kamayib boradi. Manbada ko‘rsatilishicha, Nikola Chumich va Oleg Ivanov 400 ming evrodan, ganalik hujumchi Joel Fameye 350 ming evroni qabul qilib olmoqda.
Himoyachi Dmitriy Kabutov jamoa etakchisi bo‘lishiga qaramay, maosh borasida bunday leyish qiyin. Uning xizmatlari “Ruin” 320 ming evroga baholagan.
Qolgan o‘yinchilarning maoshlari quyidagicha:
Aleksey Gritsaenko 220 ming evro;
Bogdan Yochich 200 ming evro;
Ugochukvu Ivu 150 ming evro;
Egor Teslenko 140 ming evro;
Ruslan Bezrukov 100 ming evro.
“Rubin”dagi legionerlarimiz eng kam maosh olayotgan futbolchilar ro‘yxatida. Zaxiradan chiqa olmayotgan Umarali Rahmonaliev yiliga 90 ming evro maosh olayotgan ekan. Assoiy tarkibga yorib kirgan Rustam Ashurmatovning bir yillik xizmati uchun 60 ming evro to‘lanyapti.
Qozon klubida eng kam maosh “Rubin” tarbiyalanuvchisi Ilya Rojkovga belgilangan. 19 yoshli futbolchi Premer-ligada eng muntazam maydonga tushayotgan bo‘lsa-da, yiliga 22 ming evro maosh berilyapti.
Fikrlar