Rossiya OAV: Nazorat o‘yinlarida Pedro Rocha O‘runovga qaraganda o‘zini ancha ishonchli ko‘rsatdi

  • 8 fevral, 2021, 03:05
  • Javokhir Azimov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Spartak" klubi sharafini himoya qilayotgan Oston O‘runov Dubaydagi yig‘in davomida o‘tkazilgan 3 o‘yinning 2 tasida maydonga tushdi. "Qizil-oqlar"ning ushbu mashg‘ulotlaridagi legionerimizning harakatlari haqida Rossiya OAV shunday yozmoqda:

Tecno

"Ufa" O‘runov borasida "Spartak"ka ancha oldin taklif jo‘natgan edi. Uni bu narxga sotgandan ko‘ra, o‘rinbosarlar tarkibiga yuborgan ma’qul. O‘runov transferi amalga oshganida, Shamil Gazizov rahbariyatni Oston "25 mln evrolik futbolchi", deb ishontirgan va "Gerta"ning 5 mln evrolik taklifi haqida gapirgandi. O‘rtoqlik uchrashuvlari davomida biz "Gerta" nima sababdan unga qiziqish bildirganini tushuna olmadik.

Nazorat o‘yinlarida Pedro Rocha O‘runovga qaraganda o‘zini ancha ishonchli ko‘rsatdi. Agar Promes transferi amalga oshmasa, Oston tarkibni kengroq saqlab turish uchungina jamoada qolishi mumkin. Klub rahbariyati Promes bilan hoziroq shartnoma imzolamoqchi, chunki uning masalasiga aniqlik kiritilgan. Ammo qishda ushbu transfer amalga oshmasa, yozda bu variantga qaytilmasligi ham mumkin".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
⚽️FANAT M-YU⚽️
08/02/2021 07:35
Oston anchadan beri o‘yin amalyotisizqolib ketgan Pedro rocha esa so‘ngi bor dekabrda maydonga tushgan Ostonchi Ruslar har nimani bir nima deb gapiraverishadi