
Rossiya keyingi oyda UEFAdan chiqib ketadimi?
Rossiya futbol ittifoqi rahbari Aleksandr Dyukov aprel Kongressi yakunlariga ko‘ra Rossiya futbol ittifoqi UEFAdan ketishi haqiqatmi, degan savolga javob berdi.
“Nazariy jihatdan hamma narsa bo‘lishi mumkin. Lekin biz evrokuboklarga qaytish vazifasini qo‘ydik. Shu bilan birga, biz Osiyoga ko‘chib o‘tish imkoniyatini ham saqlab qolamiz”, - dedi Dyukov jurnalistlar bilan suhbatda.
Xabaringiz bor, o‘tgan yili Rossiya ko‘plab sohalar qatori futbolda ham sanktsiyalariga duch kelgan edi. Natijada hozirda mamlakat klublari Evropa musobaqalarida qatnashmayapti. Terma jamoa esa rasmiy xalqaro turnirlarda va barcha yosh toifalaridagi musobaqalardan chetlatilgan.
Fikrlar