
Ronalduning yaxtada dam olganiga ishonmang!
“Leyptsig” jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann qaysi futbolchi bilan ishlashni orzu qilishi haqidagi savolga javob berdi.
- Krishtianu Ronaldu bilan ishlashga qiziqaman. Chetda qaraganda, portugaliyalik futbolchi doim yaxtada dam oladigan insondek ko‘rinadi. Lekin Sami Xedira Ronaldu mashg‘ulotlarga qay darajada professionallarcha yondashishini aytib bergan U mashqlarni birinchi boshlab, oxiri tugatadi. Bundan tashqari, uni do‘stlikni qadrlaydigan yigit, - dedi Nagelsmann.
Krishtianu Ronaldu joriy mavsumda barcha turnirlarda 14 ta uchrashuv o‘tkazib, raqiblar darvozasini 16 marotaba ishg‘ol qildi.
Fikrlar