
Ronaldu: U erta ketib qoldi
“Yuventus” va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu ham Diego Maradonaning vafotidan qayg‘uda ekanini ma’lum qildi.
- Bugun men do‘stim bilan bilan xayrlashyapman. U eng zo‘rlardan biri edi. U juda erta ketib qoldi. O‘zidan katta meros va to‘ldirib bo‘lmas bo‘shliq tashlab ketdi. Seni unutmaymiz, - dedi Ronaldu.
Maradona 11 noyabr kuni boshidan operatsiya qilingan edi. U yurak urishi to‘xtashi oqibatida jon berdi.
Fikrlar