
Ronaldu rekordlarni “yorib” tashladi
Saudiya Arabistoni chempionatining 12-turida “An-Nasr” o‘z maydoni “damak” jamoasini 2:0, hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
O‘yin qahramoni har doimgidek Krishtianu Ronaldu bo‘ldi. Portugaliyalik yulduz o‘yindan va penaltidan bittadan to‘p kiritdi.
Bu gollar 39 yoshli hujumchiga to‘purarlik borasida yangi rekordlarni qayd etishga yordam berdi.
Demak, Ronaldu statistikasi quyidagicha ko‘rinish oldi:
- 201 marta penalti tepib, nuqtadan 170-golini urdi.
- Milliy chempionatlarda urgan gollari sonini 556 taga etkazib oldi. Ronaldu Portugaliya, Ispaniya, Italiya, Angliya va Saudiya Arabistoni chempionatlarida o‘ynagan.
- Klublar miqyosidagi gollari 780 taga etdi. Portugaliya terma jamoasida 135 ta to‘p kiritgan.
- Professional faoliyatidagi 915-golini urdi va bu borada jahon futbolida yaqqol rekordchi hisoblanadi.
Fikrlar