
Ronaldu “Real”ning ikki yulduzini o‘z jamoasiga chaqirdi
Krishtianu Ronaldu “An-Nasr”ga kelganidan beri biror nufuzli sovrinni qo‘lga kiritgani yo‘q. 40 yoshli yulduz jamoa tarkibi yuqori maqsadlar uchun kurashish uchun zaiflik qilishini yaxshi biladi.
Ana shuni inobatga olgan holda Krishtianu Evropa futbolida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan o‘yinchilarni Riyod klubiga olib kelishda tashabbus ko‘rsayapti. Xususan, yozda “An-Nasr” Ronaldu yordami Joau Feliksni o‘z safiga qo‘shib oldi.
Defensa Central nashrining yozishicha, endi Krishtianu “An-Nasr”ga “Peal” yulduzlarini olib kelmoqchi. Portugaliyalik futbolchi madridliklarning ikki tajribali himoyachisi – David Alaba va Antonio Ryudigerni Saudiyaga chorlamoqda.
Yoshi o‘tib qolayotgan bu ikki yulduzning “Real” bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirida yakunlanadi. “Real” rahbariyati 33 yoshli Alabani darhol qo‘yib yuborishga tayyor. Biroq madridliklar 32 yoshl Ryudigerni jamoada saqlab qolmoqchi.
Fikrlar