
Ronaldu muxlisasi sabab Eronga bora olmayapti
Krishtianu Ronaldu Osiyo Chempionlar ligasining "Istiqlol" jamoasiga qarshi o‘yin uchun Tehronga bormadi. Bir kun oldin "An-Nasr" klub kelayotgan o‘yinda ishtirok etishi mumkin bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi va unda Ronalduning ismi yo‘q edi.
"RMC Sport" nashrining xabar berishicha, Ronaldu 2023 yilda sodir bo‘lgan voqea tufayli o‘yinga bormagan. O‘shanda Krishtianu oyoqlari bilan rasm chizadigan nogiron qizga minnatdorchilik bildirgan edi. Mashhur futbolchi qizni quchoqlab o‘pgan.
Eronda esa turmush o‘rtog‘i bo‘lmagan qizga nisbatan bunday munosabatni bildirish zino deb hisoblanadi. Buning uchun qamoq jazosi yoki 99 tagacha qamchi urish jazosi berilishi mumkin.
Ma’lumot uchun, avvalroq portugaliyalik yulduz "Persepolis"ga qarshi bahs uchun ham jamoa qaydnomasiga kiritilmagan edi.
Fikrlar