Ronaldu jurnalistlarga qattiq javob qaytardi: "Savol berganda ko‘zimga qarang!"

  • 23 mart, 19:50
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"An-Nasr" va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Daniyaga qarshi o‘yindan oldingi matbuot anjumanida jurnalistni tanqid qildi.

Tecno

Muxbir Portugaliya terma jamoasiga va uning bosh murabbiyi Roberto Martinesga qaratilgan tanqidlar haqida savol berdi.

Bunga javoban Ronaldu OAV terma jamoa atrofida haddan tashqari ko‘p negativ muhit yaratayotganini ta’kidladi:

"Ba’zi savollaringiz shunchaki hurmatsizlik. Agar mendan javob olishni istasangiz, savol berganingizda ko‘zimga qarang", – dedi 40 yoshli futbolchi.

U, shuningdek, jurnalistdan javoblari vaqtida kompyuterga qaramaslikni talab qildi va agar kerak bo‘lsa, buni o‘n marta takrorlashga tayyor ekanini aytdi.

Millatlar Ligasi chorak finalining javob uchrashuvi bugun bo‘lib o‘tadi. Birinchi uchrashuvda Daniya 1:0 hisobida Portugaliya ustidan  g‘alaba qozongan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!