Ronaldu bitta zarba bilan uchta katta rekord o‘rnatdi

  • 24 mart, 10:19
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

UEFA Millatlar ligasi chorak final javob o‘yini Portugaliya terma jamoasi etakchisi Krishtianu Ronalduning nomini yana futbol tarixiga kiritdi.

Tecno

40 yoshli hujumchi uchrashuvda gol urib, jamoasining umumiy g‘alabasiga hissa qo‘shdi.

Muhimi, Ronaldu bir gol bilan uchta yangi rekord o‘rnatdi.

Ronaldu aniq zarba bilan ketma-ket 22 yil davomida terma jamoasi uchun gol urgan birinchi va yagona futbolchiga aylandi.

Bundan tashqari, portugaliyalik hujumchi faoliyatida rasmiy uchrashuvlarda kiritgan to‘plari sonini 929 taga etkazdi.

Ronaldu xalqaro miqyosda terma jamoasi uchun 136-golini urdi. Bu ikki ko‘rsatkich ham mutlaq rekord sifatida qayd etildi. Bundan buyon uning klub va terma jamoadagi har bir samarali zarbasi yangi rekord sifatida qayd etiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!