
Ronaldu bir o‘yinda katta rekordni ikki marta yangiladi
Saudiya Arabistoni chempionatining uchinchi turida “An-Nasr” poytaxt derbisida “Ar-Riyod” jamoasi bilan kuch sinashib, raqibni 5:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Uchrashuv qahramonlaridan biri Krishtianu Ronaldu bo‘ldi. Bu o‘yinda 40 yoshli hujumchi o‘ziga tegishli bo‘lgan rekordni ikki marta yangiladi.
Ya’ni, Ronaldu jahon futbolida rasmiy bahslarda eng ko‘p gol urgan futbolchi hisoblanadi. Krishtianu bu gal 944 va 945-golini urdi.
Portugaliyalik yulduz faoliyati davomida “Real”da 450, “Manchester Yunayted”da 145, “Yuventus”da 101 ta to‘p kiritgan va “An-Nasr”dagi gollari sonini 104 taga etkazib oldi.
Bundan tashqari, Ronaldu Portugaliya terma jamoasida raqiblar darvozasini 141 marotaba ishg‘ol qilgan. Krishtianu bu ko‘rsatkich bo‘yicha ham jahon rekordchisi hisoblanadi.
Fikrlar