Ronaldu, ularni kutib ol!

  • 31 may, 13:52
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“An-Nasr” jamoaning asosiy yulduzi Krishtianu Ronalduni olib qolish uchun uning ayrim talablarini bajarishiga to‘g‘ri keldi.

Tecno

Xususan, portugaliyalik futbolchi jamoa sovrinlarni qo‘lga kiritishi uchun kuchli ijrochilarni olib kelish kerakligini talab qilmoqda.

Fabritsio Romanoning yozishicha, “An-Nasr” rahbariyati yozgi transferlar vaqtida ikkita katta xaridni amalga oshirmoqchi. Xususan, klub mutasaddilari jamoaga “liverpul” hujumchisi Luis Diasni olib kelishga bel bog‘lagan.

Bundan tashqari, riyodliklar himoya chizig‘ini mustahkamlash uchun “Feyenoord” futbolchisi david Gantskoni ham nishonga olgan.

Shu o‘rinda, Saudiya Arabistonining yana bir qudratli klubi – “Al-Hilol” 25 iyun kuni boshlanadigan klublar o‘rtasidagi jahon chempionati uchun Krishtianu Ronalduni qisqa muddatga ijaraga olishga harakat qilayotgani aytilmoqda.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!