"Roma"ning yangi murabbiyi aniq! Raneri buni tasdiqladi

  • 23 may, 17:28
  • Jahongir Inomjonov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Klaudio Raneri "Roma" yangi bosh murabbiyni tanlab bo‘lganini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, italiyalik mutaxassis mavsum yakunida murabbiylik lavozimini tark etadi.

Tecno

- Albatta, bu masala hal bo‘lgan. Biroq, buni qachon e’lon qilishni prezident belgilaydi.

Hatto akam menga qo‘ng‘iroq qilib: "Hech bo‘lmasa menga ayt! Hamma mendan so‘rayapti", dedi. Men unga: "Aynan shu sababdan senga aytmayapman, mish-mishlar tarqalmasligi uchun", deb javob berdim.

Hatto Vendittiga ham: "1 iyulda hammasi ma’lum bo‘ladi", dedim. U esa: "Agar yangi murabbiy iyulda kelsa, u futbolchilarni tanimaydi-ku", deb e’tiroz bildirdi. Shunda men: "Unga o‘zim tushuntiraman", deb javob berdim, - dedi Raneri.

Ma’lumot uchun, Antonello Venditti - mashhur italiyalik qo‘shiqchi, "Roma"ning sodiq muxlisi va klub madhiyasining muallifi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Азизжон
23/05/2025 21:06
Админ сиз Энг зури