“Roma”da qolaman

  • 18 aprel, 2023, 18:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” markaziy himoyachisi Kris Smollingning amaldagi shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadi. 33 yoshli futbolchiga Angliya va Italiya klublari qiziqish bildirmoqda.

Tecno

Rim klubi rahbariyati ham angliyalik himoyachini o‘z safida olib qolishga qaror qilgan. Uzoq davom etgan muzokaralardan so‘ng, tomonlar bir to‘xtamga keldi. Bu haqda taniqli jurnalist  Nikolo Skira xabar tarqatdi.

Manbaning ta’kidlashicha, Kris Smollingga ikki yillik shartnoma taklif etiladi. Tajribali o‘yinchi har mavsum uchun 3,5 million evrodan maosh oladi.

Kris rimliklar safiga 2020 yili “Manchester Yunayted”dan ko‘chib o‘tgan edi. Joriy mavsumda u jami 41 ta uchrashuvda maydonga tushib, uchta gol va bitta assist muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!