
“Roma”da o‘ynash uchun Mourinoni maqtash kerak
“Roma”ga yangi qo‘shilgan Madi Kamara “bo‘rilar”ga ustozlik qilayotgan Joze Mourino haqida juda iliq fikrlar bildirib, portugaliyalik mutaxassisni maqtadi.
- Futbol tarixidagi eng yaxshi murabbiylardan biri, balki eng zo‘ri, Joze Mourinoga xizmat qilish faxr-iftixor manbaidir, - dedi Madi Kamara.
Ma’lumki, avval “Olimpiakos”da o‘ynagan Madi Kamara Rim klubiga bir mavsumga ijaraga olindi. Gvineyalik markaziy yarim himoyachi “Roma”da barcha turnirlarda etti marotaba maydonga tushdi.
Rim klubi yozgi transferlar vaqtida Kamaradan tashqari Paulo Dibala, Andrea Belotti, Mile Svilar, Mehmet Zeki Chelik va Jorjino Veynaldumni o‘z safiga qo‘shib oldi.
Fikrlar