
"Roma"da o‘ynamayotgan futbolchi La Liga grandiga o‘tadi
"Roma" himoyachisi Leonardo Spinatstsola boshqa klubga o‘tmoqchi.
"Todofichajes" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, "Real" va "Atletiko" italiyalik futbolchini o‘z tarkibida ko‘rishni istamoqda. Har ikki jamoada uning pozitsiyasi muammoli hisoblanadi. "Qirollik klubi"da Marselo, "matraschilar"da Lodi u o‘ynaydigan nuqtada harakat qiladi.
Italiya MTJ vakili 2019 yilda "bo‘rilar" tarkibiga kelib qo‘shilgan. Uning transfer narxi 20 million evroni tashkil etadi. Tomonlar o‘rtasidagi shartnoma 2024 yilga qadar amal qiladi.
Leonardo Evro-2020 turnirida olgan jiddiy jarohati tufayli anchadan beri o‘yin amaliyotisiz qolib ketmoqda.
Fikrlar