
"Roma" MYu bilan muzokaralarni hamon davom ettirmoqda
"Roma" klubi "Manchester Yunayted" himoyachisi Kris Smollingning transferi bo‘yicha muzokaralarni hamon davom ettirmoqda.
Jurnalist Nikolo Skiraning yozishicha, “bo‘rilar” 30 yoshli angliyalik futbolchi uchun “qizil iblislar”ga 18-20 mln evro atrofida mablag‘ to‘lashga tayyor. Rimliklar allaqachon Smollingning o‘zi bilan shaxsiy kelishuvga erishib bo‘lgan. Unga ko‘ra, futbolchi Italiya grandi safida yiliga 3 mln evro maosh oladi.
Smolling o‘tgan mavsumni aynan “Roma” safida ijarada o‘tkazgan edi. U 37 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol hamda 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning MYu bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar