
“Roma” hujumiga yana bir yulduz keladi
Eldor Shomurodov “Roma”da “Arsenal” hujumchisi Aleksandr Lyakazett bilan birga o‘ynashi mumkin.
Londonliklar Rim klubiga frantsiyalik to‘purarni olishni taklif qilmoqda. Biroq, “bo‘rilar” Lyakazettdan oldin boshqa hujumchini transfer qilishga harakat qilyapti. Joze Mourino o‘z shogirdlari qatorida “Chelsi” hujumchisi Temmi Abraxamni ko‘rmoqchi. Tomonlar bu transferni kelishib bo‘ldi va rimliklar 34 million funt to‘lashi kerak.
Transferga faqatgina Temmi Abraxamning Rimga borishdan bosh tortishi to‘sqichlik qilishi mumkin.
Qizig‘i shundaki, “Arsenal” rahbariyati transferi 20-25 million funtga baholanayotgan Aleksandr Lyakazettni sotish orqali hujumda joy ochib, bu o‘ringa aynan Temmi Abraxamni taklif qilishni rejalashtirgan.
“Chelsi” Italiyadan Romelu Lukakuni olib kelganidan keyin Temmi Abraxamning “aristokratlar” safidagi kelajak mavhum bo‘lib qoldi.
Fikrlar