
“Roma” hujumchisini olmasak bo‘lmaydi
“Tottenxem” yozgi transferlar vaqti tugagunicha hujum chizig‘ini kuchaytirib olishga harakat qilmoqda.
Antonio Konte oldingi chiziqda hamyurti Nikolo Dzanoloni o‘ynatmoqchi bo‘lyapti. Klub yaqinda rimliklarga Nikoloni ijaraga olish va keyinchalik sotib olish huquqini so‘rab murajaat qilgandi.
O‘shanda Joze Mourino bu transferni blokladi. Biroq, klub mutasaddilari agar “Tottenxem” 50 million evro to‘lasa, Nikolo Dzanolo Angliyaga jo‘natilishiga rozilik berilishini ma’lum qildi.
23 yoshli universal hujumchi 2018 yildan beri “Roma” hujumchisi hisoblanadi. U shu kunga qadar “bo‘rilar” safida 112 ta uchrashuvda qatnashib, 22 ta to‘p kiritgan.
Fikrlar