
“Roma” etakchisi va klub rahbariyati katta miqdorda jarimaga tortildi
"Roma" yarim himoyachisi Nikolo Zanolo "Latsio" klubini haqorat qilgani uchun jarimaga tortildi, deb xabar beradi “Football Italia” nashri.
Konferentsiyalar ligasidagi g‘alaba sharafiga o‘tkazilgan bayram paradida futbolchi avtobusda to‘g‘ridan-to‘g‘ri "bo‘rilar"ning asosiy raqibi bo‘lgan hamshahari “Latsio”ni haqorat qilgan.
“Roma”ning advokatlari ayblovlarga qarshi chiqmadi. Futbolchining o‘zi ham aybini bo‘yniga oldi. Shu tariqa, Zanolo va klub 4000 evrodan jarima to‘laydi. Undirilgan pul xayriya ishlariga sarflanadi.
May oyida Konferentsiyalar ligasi finalida "Roma" "Feyenoord"ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Yagona gol muallifi aynan Nikolo Zanolo bo‘lgan.
Fikrlar