Riko Lyuis: "Abduqodir uchun juda ham xursandman"

  • 8 fevral, 21:14
  • Bilolbek Imomov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, "Manchester Siti" Angliya kubogi doirasida "Leyton Orient" bilan bahs olib, borib, 2:1 hisobida zafar quchdi. 
 
Mazkur uchrashuvning ikkinchi bo‘lim avvalida hamyurtimiz Abduqodir Vitor Reys o‘rniga zaxiradan maydonga tushdi. Bellashuvning 56-daqiqasida Lyuisning zarbasidan so‘ng to‘p Husanovga tegib, darvoza to‘ridan joy oldi. Ushbu to‘qnashuvdan so‘ng angliyalik himoyachi tengdoshi hisoblangan Abduqodir haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 
 
"To‘g‘risi, gol Husanovning nomiga yozilganidan juda xursandman. Shu bilan birga, o‘zbekistonlik futbolchi o‘yinga juda yaxshi qo‘shilib, to‘pni ajoyib nazorat qila oldi. Ayniqsa,uzoq masofaga paslarni juda yaxshi amalga oshirdi. Bu esa menga ham manzur keldi" - dedi angliyalik futbolchi.  
 
Ma’lumot uchun, "Manchester Siti" navbatdagi uchrashuvini Evropa Chempionlar ligasi doirasida Ispaniyaning "Real Madrid" bilan kuch sinashadi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Азизжон
09/02/2025 07:13
Баракалла