
Reshfordga eng yaxshi variant tavsiya etildi
“Manchester Yunayted” hujumchisi Markus Reshford qishda "Yuventus"ga ijara asosida ko‘chib o‘tishi mumkin.
Xabaringiz bor, Reshford Ruben Amorim qo‘l ostida o‘zini yaxshi his qilmayapti. Shu bilan birga, so‘nggi oylardagi o‘yin amaliyotidan ham noroziligi sabab, qishki transferlar oynasida jamoasini o‘zgartirmoqchi. Bunga esa klub ham qarshilik ko‘rsatmoqchi emasligini bildirgan. Hatto, angliyalik futbolchi navbatdagi Evropa ligasidagi o‘yinga ham qaydnomaga kiritilmadi. Bunga asosiy sabab sifatida, portugaliyalik bosh murabbiy esa uning mashg‘ulotlardagi sust harakatlarini keltirib o‘tdi.
"Independent" nashrining xabar berishicha, hozirda Turinning "Yuventus" klubi Markus uchun eng yaxshi variant sifatida ko‘rilmoqda. Biroq, hujumchining o‘zi Kataloniyaning "Barselona" jamoasiga ko‘chib o‘tishni xohlayotganini bildirgan.
Ma’lumot o‘rnida, 27 yoshli o‘yinchi joriy mavsum 24 ta to‘qnashuv ishtirok etib, 7 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar