
“Real”ning taniqli futbolchisiga xaridor chiqdi
“Real” yarim himoyachisi Dani Sebalos tez orada klubni tark etishi kutilmoqda. Bu haqda TodoFichajes portali xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, madridliklarning asosiy tarkibiga kira olmayotgan tajribali futbolchiga La Liga vakili “Betis” qiziqish bildirmoqda.
Qizig‘i shundaki, 28 yoshli futbolchi aslid “Betis” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Madridliklar Sebalosni 2017 yili bu klubdan 16,5 million evroga transfer qilgan edi.
Dani orada ikki mavsum ijara asosida “Arsenal”da ham o‘ynab keldi.
Yangi mavsumda Dani Sebalosda “Real”ning asosiy tarkibiga kirish imkoniyati oshgani aytilmoqda. Bu birinchi navbatda, maydon markazi vakillaridan Toni Kroos faoliyatini yakunlagani va uning o‘rniga boshqa o‘yinchi olinmagani hamda Jud Bellingem jarohat olib safdan chiqqani bilan bog‘liq.
Madridliklar bilan 2027 yilning yozigacha hamkorlik qilishi belgilangan Dani Sebalos Transfermarkt portali tomonidan 6 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar