
“Real”ning nazari tushgan futbolchining narxi uch barobar oshdi
“Bayer” sharafini himoya qilayotgan frantsiyalik yarim himoyachi Mussa Diabi yozda Ispaniya chempionatiga ko‘chib o‘tishi mumkin.
Liverekuzenliklar bu futbolchini PSJdan 15 million evroga sotib olgandi. 21 yoshli futbolchining Bundesligadagi o‘yinlarini madridliklar sinchkovlik bilan kuzatmoqda va yozda uni Madridga taklif qilishni rejalashtirishgan.
“Bayer” ham yosh o‘yinchini qo‘yib yuborishga qarshi emas. Faqat bu transfer amalga oshishi uchun Bundesliga klubiga kamida 40 million evro to‘lash kerak bo‘ladi.
Mussa Diabi joriy mavsumda milliy chempionatda 24 ta o‘yinda qatnashib, raqiblar darvozasini uch marotaba ishg‘ol qildi va ettita golli pas oshirdi.
Fikrlar