“Real”ni birinchi kim tark etishi ma’lum bo‘ldi

  • 10 fevral, 06:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” rahbariyati mavsum yakunlanishi bilan markaziy himoyachi Xesus Valexo bilan xayrlashadigan bo‘lyapti.

Tecno

Garchi jamoada himoyachilar etishmovchiligi kuzatilayotgan bo‘lsa-da, bosh murabbiy Karlo Anchelotti ispan futbolchisiga ishonch bildiryapti. Italiyalik murabbiy asosiy pozitsiyasi markaziy himoyachi bo‘lgan Valexodan ko‘ra yarim himoyachi bo‘lgan Orelen Tchuamenini orqa chiziqda o‘ynatishni ma’qul topmoqda.

Valexoning o‘zi ham klub unga ishonmayotganini anglab etgan. Ijtimoiy tarmoqlarda kundalik mashg‘ulotlarini yoritib borayotgan himoyachi favqulodda o‘zgarish bo‘lma-sa, baribir Madridni tark etishiga to‘g‘ri keladi.

28 yoshli futbolchi “Real”ga 2015 yili “Saragosa”dan 5 million evroga transfer qilingan. Biroq shundan beri asosiy tarkibdan muqim joy olgani yo‘q. Orada Valexo “Ayntrazt”, “Vulverxempton” va bir necha marotaba “Granada”da ijarada o‘ynab keldi.

Xesus Valexoning “Qirollik klubi” bilan shartnomasi 30 iyun kuni tugaydi. Klub futbolchi bilan xayrlashishga qaror qilgani bois, yangi shartnoma taklif qilinmayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!