“Real”da “singan” yulduzni yana Ispaniyaga qaytarishmoqchi

  • 24 aprel, 2021, 19:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Rel”da o‘z o‘rnini topa olmasdan “Everton”ga o‘tib ketgan Xames Rodrigesning ishlari yurishib ketdi. Mashhur yarim himoyachi Angliya chempionatida o‘z iqtidorini namoyish eta oldi.

Tecno

“Sevilya” rahbariyati kolumbiyalik futbolchini La Ligada qaytarmoqchi. Buning uchun ular “Everton”ga o‘z yarim himoyachisi Alexandro Gomesni berib, Xames Rodrigesni olib kelishga tayyor.

Ispaniyaliklar tez orada inglizlarga rokirovka bo‘yicha taklif yuboradi.

Xames Rodriges joriy mavsumda 21 ta uchrashuvda oltita gol urib, to‘rtta golli pas muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!