
“Real”da norozilik kelib chiqdi
“Real” Chempionlar ligasi umumiy guruh bosqichida kutilmaganda “Lill”ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Klub xo‘jayinlari yozda jamoa tarkibiga sezilarli darajada kuchaytirilganiga qaramay, jamoaviy o‘yin etarli darajada mukammal chiqmayotganiga norozilik bildira boshladi.
Ular o‘tgan mavsumda “Real” hozirgiga qaraganda ancha mazmunli va jamoaviy o‘yin namoyish qilganini ta’kidlashmoqda.
Relevo nashrining yozishicha, Kilian Mbappe va Endrik singari yangi o‘yinchilarning kelgani va Toni Kroos singari tajribali futbolchi faoliyatini tugatgani oqibatida maydonda tartib-intizom bo‘shashib ketgani aytilmoqda.
Bundan tashqari, jamoada yorqin yulduzlarning ko‘pligi Karlo Anchelottiga boshlang‘ich tarkibni tanlashda ortiqcha qiyinchiliklar tug‘diryapti.
Fikrlar