“Real”da 10-raqamni kim oladi?

  • 23 iyul, 14:16
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” mavsumlar oralig‘ida “Oltin to‘p” sohibi Luka Modrich bilan xayrlashdi. Xorvatiyalik futbolchi Madrid klubida 10-raqam egasi edi.

Tecno

Ayni paytda “Real” muxlislarini 10-raqam kimga tegishi haqidagi savol qiziqtiryapti.

Bu masalaga jurnalist Ramon Alvares de Mon ushbu mashhur raqamga qaysi o‘yinchi loyiq ekani haqida o‘z munosabatini bildirdi.

- “Real”da 10-raqamning keyin egasi Kilian Mbappe bo‘lishi kutilyapti, - deb yozdi Ramon Alvares de Mon.

Kilian Mbappe PSJdan “Real”ga ko‘chib o‘tganidan beri 9-raqamda to‘p tepib kelmoqda. Ilgari bu raqamda uning hamyurti Karim Benzema o‘ynagan.

Mbappe Frantsiya terma jamoasi safida 10-raqamda o‘ynaydi. Shu bois, Modrichdan keyin bu raqam aynan frantsiyalik hujumchiga berilishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!