
"Real" yozda "Lion" futbolchisi uchun 70 mln evro taklif qilmoqchi
Madridning "Real" klubi "Lion" yarim himoyachisi Tangi Ndombeleni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda Diario Sport nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “qirollik klubi” 22 yoshli futbolchini yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davridayoq sotib olmoqchi. Buning uchun esa lionliklarga 70 million evro taklif qilishni rejalashtirmoqda.
Ta’kidlash kerakki, Ndombelega shuningdek "Yuventus", PSJ, "Manchester Yunayted" va "Manchester Siti" kabi jamoalardan ham qiziqishlar bor.
Ma’lumot uchun, Ndombele bu mavsum "Lion" safida jami 44ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 2ta gol hamda 7ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar