
"Real" "yaponiyalik Messi"ni yana ijaraga berib yubordi
"Real"ning yaponiyalik yarim himoyachisi Takefusa Kubo yangi mavsumni ham ijarada o‘tkazadigan bo‘ldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 19 yoshli futbolchini bu safar "Vilyarreal" ijaraga olgan. Endi Kubo 2021 yilning 30 iyunigacha “sariq suv osti kemasi” sharafini himoya qiladi.
Takefusa o‘tgan mavsumni "Malorka" safida ijarada o‘tkazgan va 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol hamda 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikrlar