
"Real" yanvarda futbolchilarini transferga qo‘yishi kerak, chunki...
Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, "qirollik klubi" yozda Ferlan Mendi, Eder Militao, Eden Azar, Rodrigo Goes va Luka Yovichlarni sotib olish uchun 350 mln evro sarfladi.
Keylor Navas, Teo Ernandes, Markos Lorente, Mateo Kovachich hamda Raul de Tomaslarni esa 150 mln evroga pulladi.
UEFA moliyaviy feyr-pley qoidasiga ko‘ra esa futbolchi oldi-sotdisi o‘rtasidagi kamomad 100 mln evrodan kam bo‘lmasligi lozim. Shu bois madridliklar qishda bir qator futbolchilarni transferga qo‘yish niyatidalar.
Fikrlar