“Real” Vinisius o‘rniga ikkita zo‘r futbolchi topib qo‘ydi

  • 24 mart, 05:12
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real”ning asosiy hujumchilaridan biri Vinisius Juniorning klubdagi kelajagi mavhum bo‘lib qolmoqda. Tomonlar ayni paytda yangi shartnoma bo‘yicha muzokara olib boryapti.

Tecno

Braziliyalik futbolchi hali klubning yangi bitimini qabul qilgani yo‘q. Unga Saudiya Arabistonidan o‘ta manfaatli shartnomalar taklif qilinyapti. Bu tomondan “Chelsi” 24 yoshli hujumchini o‘z safiga chorlamoqda.

Sport nashrining yozishicha, agar braziliyalik yulduz “Real” shartlari bo‘yicha yangi shartnomani imzolamasa, “Qirollik klubi” uni yozda 250 million evrodan kam bo‘lmagan mablag‘ evaziga sotib yuborishi mumkin.

Agar Vinisius Madridni tark etsa, klub uning o‘rniga ikki futbolchi tanlab qo‘ydi. Madridliklar jamoaga “Atletik” etakchisi Niko Uilyams va “Bayer” pleymeykeri Florian Virtsni olib kelishni mo‘ljallayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!