“Real” Vinisius Juniorni qo‘yib yuborishga rozi bo‘ldi, faqat...

  • 3 dekabr, 2024, 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real”ning keyingi yillardagi asosiy to‘purari Vinisius Junior jamoani tark etishi mumkin.

Tecno

Marca nashrining ma’lum qilishicha, Saudiya Arabistonining “Al-Ahli” klubi braziliyalik futbolchiga jiddiy qiziqish bildiryapti.

Madridliklar shayxlarga juda og‘ir shart qo‘ydi. Ular bu transfer uchun 1 milliard evro miqdorida badal puli to‘lashi talab etilmoqda.

Hali jahon futbolida bunaqa savdo kuzatilmagan. Transferlar hajmi bo‘yicha rekord 2017 yili o‘rnatilgan va u hali ham yangilangani yo‘q. O‘shanda PSJ Neymar uchun “Barselona”ga 222 million evro to‘lagan edi.

Transfermarkt portali ekspertlari “Qirollik klubi” bilan 2027 yilning yozigacha davom etadigan shartnoma bilan bog‘langan Vinisius Juniorni 200 million evroga baholagan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!