
“Real” to‘xtamaydi! Madridliklar “Arsenal” ko‘zlagan yulduzni olib qo‘ymoqchi
“Real” yozgi transferlar davrida jamoaning bir necha pozitsiyasini kuchaytirish bo‘yicha ish olib bormoqda. Madridliklar maydon markazini kuchaytirish uchun “Real Sosedad” etakchisini nishonga olgan.
Aslida Martin Subimendi anchadan beri Evropaning qator grandlari nishonida turibdi. Biroq shu paytgacha o‘z jamoasiga sodiqligini ko‘rsatib kelmoqda.
Ammo san-sebastyanliklar yulduzini ortiq ushlab qola olmaydi. Bu o‘yinchini “Arsenal” o‘z safiga taklif qilgan edi. “Kanonirlar” ispan klubiga Subimendining shartnomasida ko‘rsatilgan 60 million evro miqdoridagi badal pulini to‘lashini bildirdi.
“Real”ni Luka Modrich tark etishi aniq bo‘lganidan keyin endi “Qirollik klubi” xorvatiyalik o‘rnini ispan futbolchisi bilan to‘ldirishga qaror qildi. COPE nashrining yozishicha, madridliklarning yangi bosh murabbiy Xabi Alonso klub rahbariyatidan Martin Subimendini nima qilib bo‘lsa ham, olib berishni so‘rayapti.
Subimendining amaldagi shartnomasi 2027 yilning yarmigacha davom etadi. Joriy mavsum yarim himoyachi barcha turnirlarda 48 ta uchrashuv o‘tkazib, ikkitadan gol va assist muallifi bo‘ldi.
Fikrlar