
“Real” to‘rtta zo‘r o‘yinchi oladi
“Real” rahbariyati joriy mavsumdagi muammolardan to‘g‘ri xulosa chiqargan holda yozgi transferlar davrida ayrim pozitsiyalarni kuchaytirishga qaror qildi.
Madridliklar birinchi navbatda, “Liverpul” bilan xayrlashishga qaror qilgan Trent Aleksander-Arnoldning transferini rasmiylashtirishga harakat qiladi.
Murabbiylar shtabi himoya markazida ham juda ko‘p muammolarga to‘qnash keldi. Deyarli barcha markaziy himoyachilar mavsum davomida jarohat tufayli safdan chiqdi. Shu bois, poytaxt klubi “Bornmut”dan Din Xyoysenni olishni maqsad qilib qo‘ygan.
Bundan tashqari, “Real” yarim himoya chizig‘iga ham top-darajadagi yulduzlarni olib kelmoqchi. Hozircha, bu ro‘yxatdan Entso Fernandes va Martin Subimendi joy oldi.
Keyingi paytda “Qirollik klubi” hujumchilaridan Vinisius Junior va Rodrigo boshqa klublarga o‘tishi mumkinligi haqida ma’lumotlar tarqatilmoqda. Agar braziliyalik yulduzlardan biri ketadigan bo‘lsa, madridliklar hujumchi qidirib, yana transfer bozoriga kirishiga to‘g‘ri keladi.
Fikrlar