
Kamtargina “Betis” “Real”dan futbolchi olishga jazm etdi
Primera ishtirokchisi “Betis” tarkibini “Real”ning 18 yashar yarim himoyachisi Takefusa Kubo bilan kuchaytirmoqchi.
Yaponiyalik futbolchi o‘tgan yili “Tokio” klubidan Madridga olib kelingan edi. Uni “Real” o‘z odatiga ko‘ra, ijaraga berib yubordi. Kubo “Malorka”da 24 ta uchrashuv o‘tkazib, 3 ta gol va ikkita golli pas muallifi bo‘ldi va La Ligada o‘ynay olish salohiyatini namoyish etdi.
Zinedin Zidan hozirgi shogirdlari orasida Kuboga asosiy tarkibdan joy topib berolmaydi. U yana ijaraga beriladi. “Betis” bundan foydalanib qolmoqchi. “Real Sosedad” ham Kubogi qiziqish bildirmoqda.
Fikrlar