"Real" o‘z yulduzini "Tottenxem" sotib olishidan umidvor

  • 26 mart, 2021, 16:22
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bir necha kun avval OAVda Garet Beyl mavsum so‘ngida "Real"ga qaytmoqchiligi haqida xabarlar tarqalgandi. "El Confidencial" nashrining ma’lum qilishicha, madridliklar futbolchini o‘z safida ko‘rmoqchi emas.

Tecno

Shu sababli, ular "Tottenxem" uelslik futbolchini sotib olishini istamoqda. Aks holda, "qirollik klubi" 31 yoshli futbolchiga 15 mln evro miqdorida maosh to‘lashiga to‘g‘ri keladi. 2018 yili tuzilgan shartnomaga ko‘ra, tomonlar so‘nggi yil uchun shuncha mablug‘ to‘lanishini kelishib olgan.

Xabar berilishicha, "qaymoqranglilar" bosh murabbiyi Zinedin Zidan Garetning qaytishiga qarshilik qilmoqda. Frantsiyalik mutaxassis sobiq shogirdini kelasi mavsum rejalariga kiritmayapti. Boz ustiga, ikki jamoa prezidentlari Florentino Peres hamda Deniel Levi o‘rtasidagi ijobiy munosabat tufayli Beyl Londonda qolishi mumkin.

31 yoshli vinger joriy mavsum "shporlar" libosida 25 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 10 ta gol va 3 assistni yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan. Uning ijara shartnomasi shu yil yozida o‘z yakuniga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!