
“Real” muxlislariga noxush xabar
“Real” ettinchi tur uchrashuvida “Las-Palmas”ni 2:0 hisobida mag‘lub etgan edi. Biroq bu g‘alaba madridliklarga qimmatga tushdi.
Jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelotti 30 sentyabr kuni chempionat peshqadami “Jirona” maydonida bo‘ladigan navbatdagi tur o‘yinida ikki etakchi himoyachidan foydalana olmasligini ma’lum qildi.
- David Alaba uchrashuvda jarohat oldi va “Jirona”ga qarshi o‘ynamaydi. Antonio Ryudiger ham shikastlangan, - dedi Karlo Anchelotti.
Ispaniya chempionatida 19 ochko jamg‘argan “Jirona” peshqadamlik qilmoqda. Bu jamoa o‘z tarixida ilk bor musobaqa jadvalini boshqarib turibdi.
“Real” futbolchilari ayni paytda bir ochko kam jamg‘argan holda ikkinchi pog‘onadan joy olgan. Kuchli uchlikni 17 ochko to‘plagan “Barselona” yakunlagan.
Fikrlar