"Real" muxlislari uchun zo‘r xushxabar!

  • 8 mart, 2022, 20:09
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" yarim himoyachisi Toni Kroos Chempionlar ligasining 1/8 finali doirasidan o‘rin olgan PSJga qarshi javob o‘yinida ishtirok etishi mumkin.

Tecno

AS nashri tarqatgan xabarga qaraganda, yarim himoyachi umumiy guruhda shug‘ullangan. Kroosning  Parij klubiga qarshi o‘yinda ishtirok etishi uning sog‘lig‘iga bog‘liq bo‘ladi.

“100% tayyor bo‘lmagan futbolchi bunday uchrashuvda maydonga tusha olmaydi. Agar Kroos 100 foiz tayyor bo‘lsa, u o‘ynaydi, 95 foiz bo‘lsa, o‘ynamaydi", - dedi «Real» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti.

Aytish kerakki, 32 yoshli futbolchi Madrid klubining PSJ bilan o‘yin uchun qaydnomasiga kiritilgan.

Avvalroq Kroosning ushbu o‘yinda ishtirok etishi futbolchining mushaklaridagi mikro yorilish tufayli so‘roq ostida qolayotgan edi.

"Real" - PSJ uchrashuvi ertaga, 9 mart kuni bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!