
“Real” mashhur futbolchi ketganini e’lon qildi
“Real” rasmiy sayti jamoaning mashhur o‘yinchilaridan biri – markaziy himoyachi Xesus Valexo klubni tark etganini e’lon qildi.
Qizig‘i shundaki, Valexo “Real”dagi o‘yinlari bilan emas, balki uzoq yillar davomida zaxirada qolib ketgani bilan nom chiqargan.
“Qirollik klubi” buimoyachi 2015 yili “Saragosa”dan 5 million evroga transfer qilgan. Valexo o‘n yil davomida asosiy tarkibga kira olmadi. Bu muddat ichida u barcha turnirlarda bor yo‘g‘i 35 marotaba maydonga tushdi, o‘z hisobiga bittadan gol va assist yozdirib qo‘ydi.
Valexo orada “Saragosa”, “Ayntraxt”, “Vulverxempton” va “Granada” kabi jamoalarda ijarada o‘ynab kelgani ham faoliyatida ijobiy burilish yasay olmadi.
- “Real” Xesus Valexoga professionalligi va ishga bo‘lgan sadoqati uchun minnatdorlik bildiradi. Unga va oilasiga hayotining keyingi bosqichida muvaffaqiyat tilaydi, - deyiladi klubning rasmiy bayonotida.
“Real” o‘yinlarida faol qatnashmagan bo‘lsa-da, Xesus Valexo Ispaniya chempionati g‘olibi va Evropa Chempionlar ligasining ikki karra chempioni hisoblanadi.
Fikrlar