
"Real Madrid" darvozaboni bilan shartnomani uzaytirdi (Foto)
Andrey Lunin "Real Madrid" bilan shartnomasini uzaytirdi.
"Los-Blankos" klubi 25 yoshli darvozabon bilan 2030 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolaganini e’lon qildi.
Ma’lumot uchun, Lunin 2018 yilda "Real" safiga qo‘shilgan. Ukrainalik futbolchi klub bilan 10 ta sovrinni, jumladan 2 ta Chempionlar ligasi va 2 ta La Liga g‘olibligini qo‘lga kiritgan.
Fikrlar