
“Real” kutilmaganda bir yulduzdan voz kechdi
“Real” mutasaddilari yaqingacha jamoa o‘yinida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan Braim Dias kelajagi bo‘yich kutilmagan qarorga keldi.
Klub xo‘jayinlarini marokashlik futbolchining keyingi paytdagi o‘yini umuman qoniqtirmay qo‘ygan. Ular 25 yoshli yarim himoyachi yuqori darajadagi sport formasini ushlab qololmaganini ro‘kach qilyapti.
Jurnalist Santi Ortegoning ma’lum qilishicha, “Real” murabbiylar shtabi bundan buyon Braim Dias o‘rniga yosh iste’dod Arda Gyuler xizmatidan foydalanmoqchi. Turk futbolchisi o‘ziga berilgan vaqt ichida murabbiylar ishonchini oqlay olgani aytilmoqda.
Braim Diasning amaldagi shartnomasi 2027 yilning yarmigacha davom etadi. Uning o‘zi vaziyat murakkab ekaniga qaramay, “Real”dan ketmoqchi emas va asosiy tarkibga kirish uchun har qanday raqobatga tayyor.
Fikrlar