"Real" Kroosning o‘rnini braziliyalik bilan to‘ldiradi(mi?)

  • 8 iyul, 2024, 16:29
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Germaniya terma jamoasi va "Real" Madrid klubi sobiq futbolchisi Toni Kroos terma jamoasi bilan "Evro-2024" chorak finalida Ispaniyaga qarshi o‘yinda mag‘lub bo‘ldi va shundan so‘ng futbolchilik faoliyatini yakunlaganini maxlum qilgandi.

Tecno

Endilikda, "Qirollik klubi" Tonining o‘rniga o‘rinbosar izlamoqda va tez orada yangi futbolchi olib kelishni rejalashtirmoqda. 

Klubning short-listida "Nyuksl" yarim himoyachisi Bruno Gimaraynsh asosiy o‘rinda. Brunoning klub va Braziliya terma jamoasi safidagi o‘yinlari madridliklarni o‘ziga tortdi. 

Ma’lumot o‘rnida, Bruno "Nyuksl" safiga 2020 yilda klib qo‘shilgan bo‘lib, umumiy 86 ta o‘yinda maydonga tushib, 16 ta gol va 14 ta assist qayd etgan.

Braziliya terma jamoasidagi debyuti esa 2020 yilda bo‘lib, hozirgacha 25 ta o‘yinda maydonga tushdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!