"Real" kelasi hafta 3 ta futbolchini o‘z tarkibiga qo‘shib oladi

  • 8 iyun, 2023, 23:50
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi kutilmgan yo‘qotishlardan keyin bir qancha transferlarni amalga oshirishga qaror qilgan. Klub kelasi hafta 3 ta futbolchini o‘z tarkibiga qo‘shib olganini e’lon qiladi, deya xabar bermoqda Fabritsio Romano. 

Tecno

Bellingem tibbiy ko‘rikdan o‘tib bo‘ldi. "Borussiya" uni "Real"ga o‘tganini ma’lum qilgan. 19 yoshli yarim himoyachi madridliklar bilan 2029 yilgacha amal qiladigan shartnoma bo‘yicha kelishib olgan. Ispan grandi mazkur transferga 100 million evrodan ko‘proq to‘laydi. 

"Milan"da ijarada o‘ynagan Braim Dias qaytadigan bo‘ldi. U bilan shartnoma uzaytiriladi. Endilikda ispaniyalik futbolchi 2027 yilgacha Madridda qolish huquqiga ega. "Real" Fran Garsiyani ham ortga qaytaradi.

"Qaymoqranglilar" ayni dam Keyn va Xaverts transferi bo‘yicha ishlamoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!