“Real” jamoani kuchaytiradigan o‘yinchi topdi

  • 14 mart, 2023, 08:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” mutasaddilari kelasi mavsum oldidan jamoani kuchaytira oladigan o‘yinchilarni transfer qilish bo‘yicha ish olib bormoqda.

Tecno

Madridliklar nishoniga “Nyukasl” etakchilaridan biri Bruno Gimaraes tushdi.  Bu futbolchi kelasi mavsumni dunyoning eng kuchli klublaridan hisoblangan “Real”da boshlashi mumkin.

The Telegraph nashrining yozishicha, Gimaraesning Angliya klubi bilan kelishuvi 2026 yilning yozigacha tuzilgan. Biroq, “Qirollik klubi” bu transferni 60 million evroga uddalashi mumkin.

Bruno Gimaraes joriy mavsumda Angliya Premer-ligasida 18 marotaba maydonga tushib, raqiblar darvozasini uch marotaba ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga uchta golli pas uzatdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!