
“Real” grandlar so‘rayotgan futbolchining narxini oshkor qildi
“Real” asosiy tarkibiga kira olmayotgan Martin Edegor ijara asosida “Arsenal”da faoliyat olib bormoqda. Norvegiyalik yarim himoyachining o‘yini Angliya klublari murabbiylarining e’tiborini tortdi.
Xususan, “Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta yangi jamoani aynan Edegor atrofida shakllantirishni rejalashtiryapti va klub xo‘jayinlaridan uni to‘liq transfer qilishni so‘ramoqda.
Bundan tashqari, iste’dodli futbolchiga Angliyaning boshqa klublari ham xaridor bo‘lmoqda. Yaqinda Zidan kelasi mavsumda ham Martinga asosiy tarkibdan joy berilishini kafolatlamasligini bildirdi. “Qirollik klubi” rahbariyati yana ikki yillik shartnomaga ega futbolchini yozda sotib yubormoqchi. Chunki kelasi yili transfer summasi tabiiy ravishda arzonlab ketadi.
Madridliklar Edegorni 35 million funt to‘lagan jamoaga qo‘yib yuborishga tayyor ekanini bildirdi.
Fikrlar