
“Real” futbolchisi Pele darajasiga etmoqchi
“Real”ning braziliyalik hujumchisi Rodrigo Goes futbol qiroli sifatida tan olingan Pele darajasiga etmoqchi. Shuningdek, Rodrigo PSJdagi hamyurti Neymarni ham o‘ziga kumir, deb bilishini ochiqladi.
- Men har kuni ularning darajasiga etish uchun mehnat qilyapman. Ular ajoyib o‘yinchilar. Neymar mening kumirim, Pele esa futbol tarixidagi eng zo‘ri, - dedi Rodrigo.
Rodrigo o‘z davrida Pele va Neymar o‘ynagan “Santos” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 21 yoshli futbolchi bundan uch yil muqaddam “Real”ga ko‘chib o‘tgan.
Faoliyati davomida klublar miqyosida 167 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 33 ta gol va 28 ta assist yozdirib qo‘ydi. Braziliya terma jamoasida beshta o‘yinda bitta gol urgan.
Fikrlar